🍃🍂🌿🍃

Tabiat neʼmatlarini — jahon dasturxoniga

Meva-sabzavotlarni yetishtirish, saralash, saqlash va eksport qilishda ishonchli hamkor

19+Yillik tajriba
$3M2025 eksport
10+Davlatga eksport
Katalogni yuklab olish
Pastga aylantiring

Kompaniya haqida

Tajriba va ishonch

"MMM Usmanov" MCHJ – meva-sabzavotlarni yetishtirish, saralash, saqlash va eksport qilishga ixtisoslashgan yetakchi korxonalardan biri. Korxonaga qishloq xoʻjaligi sohasida 19 yillik tajribaga ega tadbirkor Mirolim Murodilovich Usmonov tomonidan 2021-yilda asos solingan.

Ta'sischi oʻz faoliyatini 2007-yilda eksportchi korxonalarga mahsulot tayyorlab berishdan boshlagan boʻlib, keyinchalik 8 gektar maydonga ega boʻlgan "Quvasoy bogʻi nafis" xususiy korxonasiga asos solgan.

🌱 2007-yildan beri faoliyatda

Missiyamiz

Oʻzbekistonning eng sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta ishlab, jahon bozoriga yetkazib berish hamda hududda yangi ish oʻrinlari yaratish.

Mahsulotlarimiz

Keng koʻlamli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va jahon bozoriga yetkazib berish

🍒

Hoʻl mevalar

Gilos, olxoʻri, oʻrik, olma, shaftoli, uzum, xurmo, limon, nok va anor

🥜

Quruq mevalar va dukkakli mahsulotlar

Turshak, yongʻoq magʻzi, mayiz, qora olxoʻri, xandon pista, kuraga, xurmo qoqi, qandak oʻrik, subhoni oʻrik, mosh va loviya

🫑

Poliz va sabzavot mahsulotlari

Karam, bulgʻor qalampiri hamda achchiq qalampir

Infratuzilma

⚙️

Kalibrovka dastgohlari

Olma, gilos, xurmo, anor, shaftoli kabi mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida saralaydigan zamonaviy dastgohlar

❄️

Muzlatkichli omborxona

800 tonna sigʻimga ega sovutgichli omborxona — mahsulotlar sifatini uzoq muddat saqlash uchun

📦

Qadoqlash sexi

Plastmassa yashiklar ishlab chiqarish sexi — qadoqlash jarayonini oʻzlashtirish va xarajatlarni kamaytirish

Eksport dinamikasi

2021
$700K
2022
$1M
2023
$1.45M
2024
$2.1M
2025
$3M

Eksport geografiyasi

Mahsulotlarimiz 10 dan ortiq davlatga yetkazib berilmoqda. Ayrim hamkorlarimiz:

RURossiya
AZOzarbayjon
KZQozogʻiston
KGQirgʻiziston
TMTurkmaniston
AEBAA (Dubay)
PLPolsha
BYBelarusiya
MNMongoliya
TJTojikiston

Ijtimoiy hissa

20+
Doimiy xodimlar
1000+
Mavsum davomida band aholi

Kelajak rejalari

Kelgusi 5 yil ichida faoliyatni yanada kengaytirish — strategik maqsadlarimizdan biri.

🌀 Meva-sabzavotlarni quritish
🏭 Chuqur qayta ishlash
🧊 Shok usulida muzlatish

Biz bilan bogʻlaning

✈️

Telegram

@mirolimusmonov

👤

Rahbar

Usmanov Mirolim
Direktor