Meva-sabzavotlarni yetishtirish, saralash, saqlash va eksport qilishda ishonchli hamkor
"MMM Usmanov" MCHJ – meva-sabzavotlarni yetishtirish, saralash, saqlash va eksport qilishga ixtisoslashgan yetakchi korxonalardan biri. Korxonaga qishloq xoʻjaligi sohasida 19 yillik tajribaga ega tadbirkor Mirolim Murodilovich Usmonov tomonidan 2021-yilda asos solingan.
Ta'sischi oʻz faoliyatini 2007-yilda eksportchi korxonalarga mahsulot tayyorlab berishdan boshlagan boʻlib, keyinchalik 8 gektar maydonga ega boʻlgan "Quvasoy bogʻi nafis" xususiy korxonasiga asos solgan.
Oʻzbekistonning eng sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta ishlab, jahon bozoriga yetkazib berish hamda hududda yangi ish oʻrinlari yaratish.
Keng koʻlamli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va jahon bozoriga yetkazib berish
Gilos, olxoʻri, oʻrik, olma, shaftoli, uzum, xurmo, limon, nok va anor
Turshak, yongʻoq magʻzi, mayiz, qora olxoʻri, xandon pista, kuraga, xurmo qoqi, qandak oʻrik, subhoni oʻrik, mosh va loviya
Karam, bulgʻor qalampiri hamda achchiq qalampir
Olma, gilos, xurmo, anor, shaftoli kabi mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida saralaydigan zamonaviy dastgohlar
800 tonna sigʻimga ega sovutgichli omborxona — mahsulotlar sifatini uzoq muddat saqlash uchun
Plastmassa yashiklar ishlab chiqarish sexi — qadoqlash jarayonini oʻzlashtirish va xarajatlarni kamaytirish
Korxona faoliyati, mahsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlari
Mahsulotlarimiz 10 dan ortiq davlatga yetkazib berilmoqda. Ayrim hamkorlarimiz:
Rossiya
Ozarbayjon
Qozogʻiston
Qirgʻiziston
Turkmaniston
BAA (Dubay)
Polsha
Belarusiya
Mongoliya
TojikistonKelgusi 5 yil ichida faoliyatni yanada kengaytirish — strategik maqsadlarimizdan biri.